Qo‘shma Shtatlarning Turkiyadagi elchisi va Suriyadagi maxsus vakili Tomas Barrak 29 may kuni Suriya poytaxti Damashqdagi elchixona rezidensiyasida AQSh bayrog‘ini ko‘tardi. Bu hodisa Suriyadagi AQSh elchixonasi 2012 yilda yopilganidan beri birinchi marta yuz berdi.
Elchixonaning qayta ochilish marosimida Suriya tashqi ishlar va muhojirlar ishlari bo‘yicha vaziri Hasan al-Shayboniy ham qatnashdi.
Shuningdek, Suriya prezidenti Ahmad ash-Shar’a o‘z qarorgohida TIV, mudofaa va razvedka xizmati rahbarlari hamrohligida Tomas Barrak bilan uchrashuv o‘tkazgan.