AQSh Suriyada ISHIDga qarshi Hawkeye Strike operasiyasini boshladi.
Pentagon rahbari Pit Hegsetning so‘zlariga ko‘ra, bu o‘tgan haftada ISHID hujumi oqibatida ikki nafar amerikalik askarning o‘limiga nisbatan javob chorasi hisoblanadi.
"Bu urushning boshlanishi emas — bu qasos e’lonidir. Amerika Qo‘shma Shtatlari prezident Tramp rahbarligida o‘z odamlarini himoya qilishda hech qachon ikkilanmaydi va aslo chekinmaydi. Bugun biz dushmanlarimizni ovladik va ularni yo‘q qildik, juda ko‘pini. Biz buni davom ettiramiz", — deya qo‘shimcha qildi Hegset.
The New York Times nashrining AQSh rasmiylariga tayanib yozishicha, qiruvchi samolyotlar, vertolyotlar va artilleriya ISHIDning o‘nlab oby’ektlariga, jumladan, qurol-yarog‘ omborlariga zarbalar bergan.