Manxetten federal sudyasi Deyl Xo prezident Donald Tramp ma’muriyatining 2800 dan ortiq Yaman fuqarolari uchun vaqtinchalik huquqiy himoya (TPS) maqomini bekor qilish rejasini blokladi. Ushbu maqom yamanliklarga Qo‘shma Shtatlarda qonuniy yashash va ishlash imkonini berib kelayotgan edi.
Sudya o‘z qarorida ichki xavfsizlik vazirligi sobiq rahbari Kristi Noem qonunda belgilangan tartibda tegishli hukumat idoralari bilan maslahatlashmasdan turib dasturni tugatishga qaror qilganini ta’kidladi. Ichki xavfsizlik vazirligi vakili ushbu qarorga e’tiroz bildirib, Yaman fuqarolarining AQShda qolishi milliy manfaatlarga javob bermasligini va yakuniy so‘z "faol sudyalar"da emas, hukumatda bo‘lishini aytdi.
Hozirda 2810 nafar Yaman fuqarosi TPS maqomiga ega va yana 425 kishining arizasi ko‘rib chiqilmoqda. Tramp ma’muriyati jami 13 ta davlat uchun bunday imtiyozli maqomni bekor qilishga urinib kelgan, biroq sud qarorlari tufayli bu harakatlar bir necha bor to‘xtatib qolingandi.