AQShning Kaliforniya janubiy okrugi federal sudi Davlat departamentiga 2027 yilgi yashil karta lotereyasi — DV-2027 dasturini ishga tushirish va ro‘yxatdan o‘tish jarayonini boshlashni buyurdi. Sud qaroriga ko‘ra, arizalarni qabul qilish 1 noyabrdan kechiktirmay ochilishi va 30 kun davom etishi kerak.
«Korthouse News Service» xabar berishicha, sudya Jinsuk Ota 14 oktyabr kuni dasturni ro‘yxatdan o‘tkazish kechikkani yuzasidan Davlat kotibi Marko Rubioga qarshi kiritilgan da’vo bo‘yicha qaror chiqargan. Da’voni «Red Igl Lo» yuridik kompaniyasi bergan.
Qarorga muvofiq, AQSh Davlat departamenti ro‘yxatdan o‘tishning boshlanish va tugash sanalarini, elektron ariza topshirish saytini hamda ishtirokchilarga qo‘yiladigan talablarni e’lon qilishi lozim. Shuningdek, lotereyada tanlangan ishtirokchilarning arizalari belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishi kerak.
Sud tomonlarning iltimosini inobatga olib, dastlabki muddatni ikki haftaga uzaytirgan. Da’vogar kompaniya asoschisi Kyortis Morrisonning aytishicha, qo‘shimcha vaqt arizalarni muammosiz qabul qilishni ta’minlash uchun berilgan.
Manbada keltirilishicha, DV-2027 lotereyasiga arizalar 1 noyabrdan kechiktirmay qabul qilina boshlanishi, ro‘yxatdan o‘tish davri 30 kun davom etishi va tanlangan ishtirokchilarga 3 dekabrdan kechiktirmay xabar berilishi kerak. Barcha muddatlar AQShning sharqiy vaqti bo‘yicha belgilanadi. Arizalarni qabul qilishning aniq sanasi Davlat departamenti tomonidan e’lon qilinishi kutilmoqda.
Dasturga ro‘yxatdan o‘tish 2025 yil kuzida boshlanishi rejalashtirilgan edi. Biroq AQSh Davlat departamenti 5 noyabr kuni ishtirok etish tartibi o‘zgartirilayotganini va yangi sanalar keyinroq ma’lum qilinishini bildirgan. 2026 yil avgust oyida «Red Igl Lo» dasturni ishga tushirishni talab qilib sudga murojaat qilgan.
Yashil karta lotereyasi qanday ishlaydi?
AQShning turli millat vakillari uchun immigrasiya vizalari dasturi immigrasiya darajasi nisbatan past bo‘lgan mamlakatlar fuqarolariga har yili 55 mingtagacha immigrasiya vizasini olish imkonini beradi. Lotereyada tanlanish yashil kartani avtomatik ravishda kafolatlamaydi: ishtirokchilar belgilangan talablarga javob berishi va viza olish jarayonidan o‘tishi shart.
AQSh prezidenti Donald Tramp avval ham ushbu dasturga qarshi chiqqan. Manbada qayd etilishicha, 2025 yil dekabr oyida u Braun universitetidagi otishmada gumon qilingan shaxsning AQShga kelishi bilan bog‘liq holatdan keyin dasturni to‘xtatishga qaror qilgan.
Sud qarori lotereya bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tishni qayta boshlashga yo‘l ochadi. Biroq ariza topshirishning aniq sanasi va amaliy tartibi bo‘yicha