Bugun 26 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

AQSh sudi Oq uydan “Amerika Ovozi” va “Ozod Osiyo” radiosi faoliyatini tiklashni talab qildi

AQSh sudi Oq uydan “Amerika Ovozi” va “Ozod Osiyo” radiosi faoliyatini tiklashni talab qildi

AQSh sudi Oq uydan “Amerika Ovozi” va “Ozod Osiyo” radiosi faoliyatini tiklashni talab qildi.

"Kolumbiya okrugi federal okrug sudi Donald Tramp ma’muriyati oldiga “Amerika Ovozi”, “Ozod Osiyo” radiosi va AQSh hukumati tomonidan moliyalashtiriladigan Yaqin Sharqqa yo‘naltirilgan eshittirish korporasiyalarini yopishga urinishlarni to‘xtatish talabini ilgari surdi", deya xabar beradi agentlik.

Sudya Roys Lambertnig qaroriga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar prezidenti ma’muriyati ushbu ommaviy axborot vositalarida ishlagan barcha xodimlar va frilanserlarni lavozimiga qaytarish uchun “zarur bo‘lgan barcha choralarni ko‘rishi” lozim. Shuningdek, yangiliklar resurslari, radio va teleeshittirishlar faoliyati tiklanishi kerak.

"Bu ommaviy axborot vositalari, jumladan “Ozod Yevropa/Ozodlik” radiosini moliyalashtiradigan Kongress ijro hokimiyatiga bu tashkilotlarni bir tomonlama yopish yoki ulardan moliyaviy yordamni olib qo‘yishga ruxsat bermaydi. Bundan tashqari, prezident Donald Tramp shaxsan bunday farmoyish bermagan va Kongressdan ham buni so‘ramagan", —deya qayd etdi sudya.

Kiritildi: 18:16 23.04.2025. O'qildi: 624 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!