AQShning G‘arbiy Virjiniya shtatida oq tanli er-xotin asrab olingan besh nafar qora tanli farzandilarini fermada qul sifatida ishlatgani uchun uzoq muddatga qamoq jazosiga hukm qilindi. Besh nafar bola jinoyatchilar qurboniga aylangan.
Sud 64 yoshli Jenni Key Uaytfezerni 215 yilga, uning 63 yoshli eri Donald Lanzani esa 160 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Ular, shuningdek, 280 ming dollar tovon puli to‘lashlari kerak bo‘ladi, ular, jumladan, odam savdosi, bolalarni qarovsiz qoldirish va majburiy mehnatda aybdor deb topildi.
"Siz bu bolalarni bu holatga, jannatdek joyga olib keldingiz va ular uchun do‘zax bo‘lib chiqdi. Endi sud sizni do‘zaxga yubormoqda. Xudo sizni kechirsin, chunki sud sizlarni kechirmaydi", - deya sudya Meri-Kler Ekersning so‘zlarini keltiradi NBC News.
Minnesotadan G‘arbiy Virjiniyaga ko‘chib o‘tgan er-xotin uysizlar boshpanalaridan bolalarni asrab oldi. Polisiya ularning harakatlari haqida Donald bolalarni shiyponga qamab qo‘yganini ko‘rgan qo‘shnilaridan bilib oldi.