Mamlakat sobiq moliya vaziri Genri Polson davlat qarzi bozorida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan keskin tanazzulning oldini olish uchun favqulodda reja ishlab chiqishga chaqirdi. Uning ta’kidlashicha, AQSh davlat qarzi 39 trillion dollarga yetgan va yangi obligasiyalar sotuvidan tushadigan mablag‘lar eski qarzlarni yopishga yetmay qolishi mumkin. Bunday holatda Federal zaxira tizimi dollar bosib chiqarishga majbur bo‘ladi, bu esa milliy valyutaning keskin qadrsizlanishiga olib keladi.
Polson ushbu muammoni hal qilish uchun soliqlarni oshirish va byudjet xarajatlarini qisqartirishni taklif qilmoqda. Uning fikricha, Qo‘shma Shtatlardagi ehtimoliy qarz inqirozi 2008 yilgi ipoteka inqirozidan ham dahshatliroq oqibatlarga olib kelishi mumkin. Dunyo zaxiralarining qariyb 57 foizi dollarda saqlanishini hisobga olsak, dollarning qadrsizlanishi butun dunyo moliyaviy tizimi uchun kutilmagan shok va global iqtisodiy tanglikni keltirib chiqaradi.