Bugun 26 avgust, 2025 yil, seshanba

КИР

AQSh Shimoliy Koreya va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi keskinlikni yumshatish ustida ishlaydi — Tramp

AQSh Shimoliy Koreya va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi keskinlikni yumshatish ustida ishlaydi — Tramp

Qo‘shma Shtatlar yetakchisi bu haqda Janubiy Koreya prezidenti Li Chje Myon bilan Oq uyda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda aytdi.

Donald Trampning boshqa bayonotlari:

◾️ Seul va Pxenyandagi rahbariyat o‘rtasida sammit o‘tkazishni taklif qilaman;

◾️ Bir vaqtlar yagona Koreya davlati bo‘lgan. Ushbu mamlakat juda katta va qudratli edi. So‘nggi 2000 yil ichida u Xitoy bilan 51 marta urushgan;

◾️ Joriy yilda Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan uchrashishni istayman;

◾️ Yadro qurolidan holi bo‘lish bu katta maqsad. Rossiya bunga tayyor. O‘ylaymanki, Xitoy ham bunga rozi bo‘ladi;
◾️ Putinga Qo‘shma Shtatlarga kelish g‘oyasi yoqmagan edi. Uning Alyaskaga tashrifi katta yon berish hisoblanadi;

◾️ Ukraina va Rossiya prezidentlari o‘rtasida uchrashuv o‘tkazish muddati ularning o‘zlariga bog‘liq;

◾️ Putin ham, Zelenskiy ham uchrashuvda mening ishtirok etishimni istashadi. Balki men u yerda bo‘larman, balki yo‘q. Agar ular uchrashmasa, juda jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin;

◾️ Amerikalik mutaxassislar Ukrainadagi jangovar dronlardan foydalanish tajribasini o‘rganmoqda. Bungacha dronlar urushi bo‘lmagan, bu butunlay yangi turdagi urush;

◾️ G‘azodagi mojaro kelasi ikki-uch hafta ichida ijobiy yakun topishiga umid qilamiz;

◾️ Xitoyning qo‘lida ayrim kartalar bor. Bizning qo‘limizda ham ajoyib kartalar bor. Lekin men ularni ishlatishni xohlamayman. Agar foydalansam, bu Xitoyni vayron qiladi;

◾️ Vashington Pekin bilan “ajoyib munosabatlarni” yo‘lga qo‘ya olishiga ishonaman. Men shu yil Xitoyga boraman.

Kiritildi: Bugun 12:50. O'qildi: 396 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!