AQSh hukumati Sharqiy Turkiston islomiy harakatini terrorchi tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarganini ma’lum qildi.
Davlat kotibi Mayk Pompeo oxirgi o‘n yillikda Sharqiy Turkiston islomiy harakati faoliyat ko‘rsatgani haqida ishonchli dalillar yo‘qligini aytdi. Turkiston islomiy partiyasi deb ham ataluvchi mazkur harakat Jorj Bush prezidentligi davrida, 2004 yilda terrorchi tashkilotlar ro‘yxatiga kiritilgan edi.
Sharqiy Turkiston islomiy harakati borasida Vashington qabul qilgan qarorga Pekinning reaksiyasi kechikmadi: Xitoy Tashqi ishlar vazirligi bunga qat’iyan qarshiligini va mazkur qaror terrorchilikka qarshi kurash bo‘yicha xalqaro hamkorlikka zarar berishini ta’kidladi.
Sharqiy Turkiston islomiy harakatiga 1989 yilda, Shinjon muxtor tumanini Xitoydan mustaqil qilish maqsadida asos solingan.