AQSh Senati Eronga qarshi harbiy zarbalarni amalga oshirishdan oldin Kongress roziligini talab qiluvchi qonun loyihasini rad etdi.
“Harbiy vakolatlar” haqidagi mazkur tashabbus ovoz berish jarayonida 53 senator qarshi, 47 senator esa yoqlab ovoz bergani sabab qabul qilinmadi.
Bu hujjat AQSh va Isroilning Eronga qarshi zarbalari boshlanganidan keyin Kongress tomonidan vaziyatga aralashishga qaratilgan birinchi urinish edi.