AQSh mudofaa vaziri Pit Xegset AQSh Shri-Lanka qirg‘oqlari yaqinida Eron harbiy kemasini cho‘ktirganini tasdiqladi, deb xabar bermoqda Bi-bi-si muxbiri Tom Beytman Pentagondagi brifingdan.
💬 «U o‘zini xalqaro suvlarda xavfsiz deb hisoblagan edi. Biroq u torpeda bilan cho‘ktirildi», — dedi Xegset.
Pentagon rahbari hujumga uchragan Eron kemasining nomini ochiqlamadi. Biroq Shri-Lanka Harbiy-dengiz kuchlari avvalroq IRIS Dena kemasi Hind okeanida cho‘kkanini ma’lum qilgan. Kema bortida bo‘lgan taxminan 140 kishi bedarak yo‘qolgan.
Kema AQSh suvosti kemasi tomonidan torpedalanganiga oid ma’lumotni Reuters agentligi manbalarga tayanib xabar qilgan.
Xegset brifingda AQSh zarurat bo‘lsa, Erondagi nishonlarga hujumlarni davom ettirishini ham ta’kidladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh va Isroilning Eronga qarshi operasiyasi boshlanganiga atigi to‘rt kun bo‘lgan bo‘lsa-da, «Amerika g‘alaba qozonmoqda — qat’iy, yakson qiluvchi va shafqatsiz tarzda», deya qo‘shimcha qilgan.