AQSh Senati marhum moliyachi Jeffri Epshteynning sherigi, voyaga yetmaganlarni jinsiy ekspluatasiya qilishni tashkil etganlikda aybdor deb topilgan Gislen Maksvellni prezidentlik afviga chiqarishga qarshi rezolyusiyani bir ovozdan qabul qildi.
Rezolyusiya ramziy xarakterga ega bo‘lib, afv etish huquqi AQSh prezidentining vakolati hisoblanadi. Senatorlar Maksvellni afv etish adolat tamoyillariga zid bo‘lishini ta’kidladi.
Maksvell 2022 yilda 20 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan.