Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

AQSh Senati byudjetni 9 milliard dollarga qisqartirishni ma’qulladi — Tramp uchun ilk siyosiy yutuq

AQSh Senati byudjetni 9 milliard dollarga qisqartirishni ma’qulladi — Tramp uchun ilk siyosiy yutuq

AQSh Senati federal byudjetni 9 milliard dollarga qisqartirish bo‘yicha ovoz berdi. Bu AQSh prezidenti Donald Trampning hokimiyatga qaytganidan so‘nggi ilk yirik siyosiy yutug‘i sifatida baholanmoqda. Bu haqda The Hill nashriga tayanib, Report xabar berdi.

Nashr ta’kidlashicha, bu qisqartirish umumiy byudjetning bor-yo‘g‘i o‘ndan bir foizini tashkil etsa-da, respublikachilar buni "moliyaviy ehtiyotkorlik yo‘lidagi muhim qadam" deb hisoblashmoqda.

Senatdagi ko‘pchilik yetakchisi Jon Tun bu haqda shunday dedi:
«Bu kichik, ammo muhim qadam. Biz hammamiz tan olishimiz kerakki, bu masala ancha vaqtdan beri kechiktirib kelingan».

Qisqartirishlar to‘g‘risidagi qonun loyihasi endi Palataga yuborildi va u yerda yakuniy ovoz berish kutib turibdi.

Eslatib o‘tamiz, Donald Tramp avvalgi prezidentlik muddati davomida Senatdagi respublikachilar qarshiligi tufayli 15 milliard dollarlik bekor qilish rezolyusiyasini o‘tkaza olmagan edi.

Kiritildi: 19:08 17.07.2025. O'qildi: 287 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!