Qo‘shma Shtatlar birinchi marta Saudiya Arabistoniga beshinchi avlod F-35 qiruvchi samolyotlarini sotish niyatida.
Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp bu haqda Mayamidagi investisiya forumida e’lon qildi.
"Biz birinchi marta Saudiya Arabistoniga F-35 samolyotlarini sotishga kelishib oldik. F-35 samolyotlari ajoyib va biz ularni juda kam miqdorda sotmoqdamiz", deb ta’kidladi u.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, qirollik NATOdan tashqarida AQShning yirik ittifoqchisi sifatida ham tan olingan.