AQSh Saudiya Arabistonidagi vaziyat munosabati bilan navbatdagi ogohlantirishni e’lon qildi.
"Saudiya Arabistonidagi xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat davom etayotgani sababli, mamlakatda ishlayotgan AQSh hukumati xodimlari endi Toif va Yanbu shaharlariga xizmat yoki shaxsiy maqsadda amalga oshiriladigan barcha safarlar uchun maxsus ruxsat olishi kerak.
AQSh missiyasi barcha Amerika fuqarolarini hushyor bo‘lishga va tavsiya etilgan ko‘rsatmalarga amal qilishga qat’iy chaqiradi", — deyiladi AQSh Davlat departamenti bayonotida.