Vashingtondagi samolyot daryoga qulagan joyda qutqaruv operasiyasida 300 ga yaqin odam ishtirok etmoqda.
Bu haqda Reygan aeroportida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida poytaxt yong‘in xavfsizligi va tez tibbiy yordam xizmati rahbari Jon Donnali ma’lum qildi.
"Qutqaruv operasiyasida 300 ga yaqin odam ishtirok etmoqda.
Vashingtondagi Reygan xalqaro aeroporti yaqinida Black Hawk harbiy vertolyoti va bortida 64 kishi bo‘lgan Kanzasdan yo‘lovchi reysi to‘qnashuvi AQShda so‘nggi 15 yildagi eng dahshatli havo halokati bo‘lishi mumkin.