“Biz Ukrainaga ko‘proq oziq-ovqat eksport qilishda yordam berish yo‘llarini qidiryapmiz. Rossiyaning don va boshqa oziq-ovqat eksportiga to‘sqinlik qilmaslik kerak. Sanksiya bu mahsulotlarga ta’sir ko‘rsatmaydi”.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainadan g‘allani katta hajmda eksport qilishning uchta yo‘li bor – temir yo‘l va avtomobil transporti vositasida G‘arbga, Belarus orqali shimolga va Qora dengiz bo‘ylab.
“Qiyinchilik shundaki, Rossiya Qora dengizda haqiqatan blokada o‘rnatgan. Qo‘shma Shtatlar Rossiyaning blokadani olib tashlashi va tijorat yuki tashishga ruxsat berishi ustida faol ish olib bormoqda”, dedi J.Fayner.