AQSh hukumati Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni tayyorlashni boshladi. Bu haqda Reuters AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyatidagi manbaga tayanib xabar bermoqda .
Yangi sanksiyalar Rossiyaning bank va energetika kompaniyalariga , jumladan Gazpromga ham ta’sir qilishi aytilmoqda . Vashington shu tariqa Ukrainadagi mojaroga muzokaralar orqali tezda barham berish uchun Moskvaga bosimni kuchaytirmoqchi .
Manba agentlikka qo‘shimcha ma’lumot bermadi. Tramp bu sanksiyalarni imzolamoqchimi yoki yo‘qmi, hozircha ma’lum emas.