Bugun 5 sentyabr, 2026 yil, shanba

КИР

AQSh Rossiyadan Kiyevga raketali zarbalarni vaqtincha to‘xtatishni so‘ragan

AQSh Rossiyadan Kiyevga raketali zarbalarni vaqtincha to‘xtatishni so‘ragan

AQSh Stiv Uitkoff va Jared Kushnerning Rossiyaga ehtimoliy tashrifi davrida Moskvadan Kiyevga raketali zarbalarni vaqtincha to‘xtatishni so‘ragan.

Bu haqda The New York Times manbalarga tayanib xabar berdi.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, AQSh vakillarining Rossiyaga tashrifini tashkil etish bo‘yicha muzokaralar bir necha haftadan beri davom etmoqda.

"AQSh ushbu ikki shaxs Rossiyada bo‘lib turgan vaqtda ukrainaliklar Moskvaga va mamlakatning energetika ob’ektlariga dronlar orqali hujumlarni vaqtincha to‘xtatishini, Rossiya tomoni esa xuddi shu tarzda Kiyevga raketali zarbalarni to‘xtatishini talab qilmoqda", — deyiladi materialda.

Kiritildi: 23:40 04.09.2026. O'qildi: 520 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!