Vashington Yevropa mamlakatlariga Rossiya, Xitoy va Eron kabi davlatlardan kelayotgan dezinformasiyaga qarshi kurashda hamkorlik qilishdan voz kechganini ma’lum qildi, deya xabar bermoqda gazeta.
Qayd etilishicha, o‘tgan hafta Yevropa davlatlari AQSh Davlat departamentidan maxsus xabar olgan, unda Vashington o‘tgan yili Jo Bayden ma’muriyati davrida imzolangan o‘zaro anglashuv memorandumlarini bekor qilayotgani bildirilgan. Ushbu memorandumlar xorijiy hukumatlar tomonidan tarqatilayotgan, mamlakatlar ichida tartibsizliklar keltirib chiqarishga qaratilgan zararli ma’lumotlarni aniqlash va fosh etish bo‘yicha yagona yondashuv yaratishni maqsad qilgan edi.