Bugun 17 avgust, 2025 yil, yakshanba

КИР

AQSH, Rossiya va Ukraina sammiti Yevropa yoki Yaqin Sharqda bo‘lib o‘tishi mumkin

AQSH, Rossiya va Ukraina sammiti Yevropa yoki Yaqin Sharqda bo‘lib o‘tishi mumkin

AQSh prezidenti Donald Tramp hamda Rossiya va Ukraina yetakchilari Vladimir Putin hamda Vladimir Zelenskiy o‘rtasidagi uch tomonlama sammit Yevropa yoki Yaqin Sharqda bo‘lib o‘tishi mumkin.

The Guardian nashri xabar berishicha, AQSH, Ukraina prezidentlari va Yevropa yetakchilari ishtirok etgan bugungi videokonferensiyada Zelenskiy, Tramp va Putin o‘rtasidagi uchrashuvning ehtimoliy joyi muhokama qilingan.

Nashrning qayd etishicha, ular Yevropa va Yaqin Sharqdagi shaharlarni ko‘rib chiqishgan.

Eslatib o‘tamiz, 15 avgust kuni Tramp Alyaskada Putin bilan uchrashadi. Zelenskiy muzokaralarda qatnashmaydi. Shu bilan birga, Amerika yetakchisi Putin bilan uchrashuvi muvaffaqiyatli o‘tsa, Zelenskiy bilan uch tomonlama formatda uchrashuv tashkil etishini aytdi.

Kiritildi: 08:00 14.08.2025. O'qildi: 548 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!