Bugun 9 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

AQSh prokuraturasi Trampga qarshi ochilgan sud ishini tugatdi

AQSh prokuraturasi Trampga qarshi ochilgan sud ishini tugatdi

Djordjiya Bosh prokuraturasi AQSh prezidenti Donald Trampga nisbatan 2020 yilgi prezidentlik saylovlariga aralashganlikda ayblangan ishning tugatilganini e’lon qildi.

Bu haqda okrug prokurori vazifasini bajaruvchi Piter Skandalakis imzolagan jinoyat ishini tugatish to‘g‘risidagi arizada ma’lum qilingan.

"Ish materiallarini atroflicha o‘rganib, amaldagi qonunchilik va sud amaliyotini ko‘rib chiqqandan so‘ng, shuningdek, ishni sudyalar hay’atida ko‘rib chiqishdan oldin Bosh prokuror nolle prosequi (ishni tugatish) talab qiladi”, — deyiladi hujjatda.

Ishning tugatilishi sababi "adolat manfaatlarini himoya qilish va hukmning qonuniyligini ta’minlash" bo‘lgan.

Kiritildi: 08:40 27.11.2025. O'qildi: 733 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!