15 oktyabrda Politico nashrida Zampolli va AQSh Davlat kotibi (Tashqi ishlar vaziri) o‘rinbosari Kristofer Landau o‘rtasidagi mojarolar haqida maqola chiqdi.
Unda aytilishicha, Landau Zampolliga “faqat madaniy diplomatiya bilan shug‘ullan, tashqi siyosiy va iqtisodiy sohalarga aralashma” degan. Zampolli esa bunga javoban “man faqat Prezident oldida javob beraman” degan. Oxiri ular bir-biriga “kompromatlaringni chiqarvoraman” deb tahdid qilgan.
Shundan keyin Tramp Zampollini ishdan bo‘shatdi. Ayni paytda bu xabarni eshitgan AQSh prokurorlari Zampolliga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik bo‘yicha ish ochishga ham tayyorgarlikni boshlagan.
Zampoli Tramp va uning xotini Melaniyani tanishtirib qo‘ygani bilan ham mashhur.