AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya-Ukraina urushini "bir necha oy ichida" tugatishi mumkinligini aytdi.
Amerika yetakchisi CBS News telekanaliga bergan intervyusida o‘z pozisiyasini bildirgan.
"Menimcha, ha, biz qila olamiz", dedi Tramp boshlovchining "bir-ikki oy ichida buni qila oladimi?" degan savoliga javoban.
U bir qator xalqaro mojarolarni urushayotgan tomonlarga nisbatan yuqori tariflar tahdidini taktika sifatida qo‘llash orqali hal qilishga muvaffaq bo‘lganini qayd etdi.
"60 foiz hollarda men: "Agar siz kurashni to‘xtatmasangiz, ikkala davlatingizga ham bojlar kiritaman va siz AQSh bilan biznes yurita olmaysiz", dedim”, - deya tushuntirdi Tramp.
Uning qo‘shimcha qilishicha, "bu Putin bilan ham ishlaydi".