Donald Tramp GB News telekanaliga bergan intervyusida global iqlim o‘zgarishi haqidagi gaplarni "yolg‘on" va "ahmoqlik" deb atadi.
"Avval buni “global isish” deb atashardi, keyin sovuqroq bo‘ldi, endi esa “iqlim o‘zgarishi” deb atashmoqda", — dedi Tramp.
AQSh prezidenti Donald Tramp Nyu-Yorkda BMT Bosh assambleyasida so‘zlagan nutqida ham iqlim o‘zgarishi dunyodagi eng katta fitna ekanligini aytgan edi. U 150 dan ortiq davlat rahbarlari va xalqaro amaldorlar oldida nutq so‘zlab, mamlakatlarni "yashil siyosat"dan voz kechishga chaqirdi.