Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

AQSh prezidenti Eronga zarbalarni kuchaytirish va Ho‘rmuz bo‘g‘ozini o‘z nazoratiga olish bilan tahdid qildi

AQSh prezidenti Eronga zarbalarni kuchaytirish va Ho‘rmuz bo‘g‘ozini o‘z nazoratiga olish bilan tahdid qildi



Donald Tramp Qo‘shma Shtatlar Ho‘rmuz bo‘g‘ozi ustidan nazorat o‘rnatishga harakat qilishini, agar bunga erishsa, undan kemalar o‘tishi uchun haq undirishini ma’lum qildi.

"Bizda bitim bor edi u to‘liq kelishilgandi. Keyin esa Eron uni buzishdi. Ular doim kelishuvlarni buzishadi. Biz bu odamlar bilan o‘nta kelishuvga erishganmiz. Shuning uchun biz ularga juda qattiq zarbalar beramiz. Biz bo‘g‘ozni nazorat qilamiz va ehtimol uni o‘zimiz boshqaramiz. Biz bo‘g‘oz posbonlariga aylanamiz. Balki, o‘zimizni “bo‘g‘ozning farishta-posbonlari” deb ham atarmiz", — dedi Tramp Fox News telekanaliga telefon orqali bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Tehron Vashington bilan sulh buzilganidan so‘ng Ho‘rmuz bo‘g‘ozi yopilishini e’lon qilgan edi.

Kiritildi: 18:43 13.07.2026. O'qildi: 731 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!