Ushbu tashabbus falastinliklarni majburiy ko‘chirish haqidagi avvalgi g‘oyalardan voz kechilganini ko‘rsatib, anklavda tinchlik o‘rnatish va kelajakda Falastin davlatini barpo etishga zamin yaratishni maqsad qiladi.
The Times of Israel nashrining yozishicha, 21 banddan iborat ushbu reja BMT Bosh Assambleyasi doirasida bir qator arab va musulmon davlatlari bilan muhokama qilingan. Bu Vashingtonning Yaqin Sharqdagi mojaroga nisbatan pozisiyasida sezilarli o‘zgarish yuz berganidan dalolat beradi.
Rejaning asosiy yo‘nalishlari:
1. G‘azoni “ekstremizm va terrorizmdan xoli hudud”ga aylantirish.
2. Infratuzilmani to‘liq tiklash va vayronalarni bartaraf etish.
3. Isroil harbiy amaliyotlarini bosqichma-bosqich to‘xtatib, qo‘shinlarni olib chiqish.
4. 48 soat ichida garovga olinganlar va halok bo‘lganlarning jasadlarini qaytarish.
5. Yuzlab falastinlik mahbuslarni va mingdan ortiq hibsga olinganlarni ozod qilish.
6. G‘azoni tark etmoqchi bo‘lgan HAMAS a’zolari uchun shartli afv.
7. Kuniga kamida 600 ta yuk mashinasi bilan insonparvarlik yordamini kiritish.
8. Yordamni BMT, Qizil Yarim oy va betaraf xalqaro tashkilotlar orqali taqsimlash.
9. Vashington rahbarligidagi xalqaro tuzilma va Falastin texnokratlaridan iborat o‘tish davri hukumati tomonidan boshqaruv.
10. G‘azoni qayta tiklashning iqtisodiy rejasini ishlab chiqish.
11. Soliq va boj imtiyozlari berilgan iqtisodiy zona tashkil etish.
12. Falastinliklarni majburiy ko‘chirishga yo‘l qo‘ymaslik.
13. HAMASni qurolsizlantirish va uning siyosiy boshqaruvini cheklash.
14. Mintaqaviy davlatlardan xavfsizlik kafolatlari.
15. AQSh va arab mamlakatlari ishtirokida mahalliy polisiyani tayyorlash.
16. Isroil qo‘shinlarini bosqichma-bosqich olib chiqish.
17. HAMAS hamkorlik qilishdan bosh tortgan taqdirda rejani qisman amalga oshirish imkoniyati.
18. Isroilning Qatarga zarba bermaslik majburiyati.
Kelajakda Falastin davlatini tuzishga tayyorgarlik.
19. Ekstremistik mafkurani zararsizlantirish dasturlari.
20. Kelajakda Falastin davlatini tuzishga tayyorgarlik ko‘rish.
21. Isroil va falastinliklar o‘rtasida keng qamrovli siyosiy muloqotni yo‘lga qo‘yish.