NASA kelgusi 10 yil ichida Oyda insonning doimiy mavjudligini ta’minlashni maqsad qilgan. NASA rahbari Shon Daffi xalqaro astronavtika kongressida ma’lum qilishicha:
➖ 2035 yilgacha Oyda butun bir qishloq barpo etish rejalashtirilgan;
➖ baza yadro reaktori orqali energiya bilan ta’minlanishi mumkin;
➖ qurilish uchun Oy yuzasida topilgan materiallardan foydalaniladi.
Artemida-2 missiyasi 2026 yil fevralda amalga oshirilishi mumkin. U 1972 yildan buyon birinchi parvoz bo‘lib, astronavtlar 10 kun davomida Oy atrofida aylanadi.
2027 yildan esa astronavtlarning Oyga qo‘nishi va baza qurilishi uchun tayyorgarlik boshlanadi.
NASAning yana bir yirik maqsadi — insonni Marsga qo‘ndirish. Daffiga ko‘ra, kelasi 10 yil ichida AQSh bu maqsadga erishishi mumkin.