Bugun 27 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

AQSh Olimpiya qo‘mitasi trans-ayollarga ayollar musobaqalarida ishtirok etishni taqiqladi

AQSh Olimpiya qo‘mitasi trans-ayollarga ayollar musobaqalarida ishtirok etishni taqiqladi

AQSh Olimpiya va Paralimpiya qo‘mitasi (USOPS) suzish, yengil atletika va boshqa sport turlari bo‘yicha milliy federasiyalarini prezident Donald Trampning fevral oyidagi farmoniga “amal qilish majburiyati” haqida ogohlantirdi.

"Qayta ko‘rib chiqilgan siyosatimiz ayollar uchun adolatli va xavfsiz musobaqa muhiti ta’minlanishini nazarda tutadi", deyiladi qo‘mita rahbariyati yuborgan maktubda.

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi esa alohida sport federasiyalariga Olimpiya o‘yinlarida o‘z qoidalarini belgilashga ruxsat bergan, ayrim federasiyalar bu yo‘nalishda allaqachon choralar ko‘rgan.

Faqat biologik jinsni tan olish haqidagi farmon AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan 20 yanvar kuni, u lavozimga kirishganidan so‘ng darhol imzolangan hujjatlar qatoriga kiradi. Bu farmonga ko‘ra, trans-ayollarning ayollar musobaqalarida ishtirok etishi taqiqlanadi. Shuningdek, trans-ayollarga sport musobaqalarida ishtirok etishga ruxsat bergan maktab va universitetlar davlat mablag‘laridan mahrum etiladi.

Kiritildi: 15:05 23.07.2025. O'qildi: 722 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!