AQSh Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni hibsga olishga yordam beradigan ma’lumot uchun mukofotni ikki baravarga oshirdi.
Bu haqda Qo‘shma Shtatlar Bosh prokurori va adliya vaziri Pem Bondi X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.
"AQSh Adliya vazirligi va Davlat departamenti Nikolas Maduroni hibsga olishga olib keladigan ma’lumot uchun 50 million dollarlik mukofot e’lon qiladi. Maduro dunyodagi eng yirik narkobaronlardan biri bo‘lib, milliy xavfsizligimiz uchun tahdiddir", deya qayd etdi Bondi.
Karakas esa Vashingtonning mazkur qadamini "achinarli va bema’nilik" deb atadi.
"Vatanimiz sha’ni sotilmaydi. Biz bu qo‘pol siyosiy targ‘ibot operasiyasini rad etamiz,” — deb qaytardi Venesuela tashqi ishlar vaziri Ivan Xil Pinto o‘zining Telegram kanalida.
Joriy yilning yanvar oyida AQSh Maduroni hibsga olishga yordam beruvchi ma’lumot uchun 25 million dollar mukofot belgilangan edi.
AQSh 2013 yildan beri Venesuelani boshqarib kelayotgan Nikolas Maduro Maduro prezident sifatida tan olmaydi va uni "diktator" deb ataydi.