Respublikachi kongressmen Tomas Massi AQShning NATO'dan chiqishini nazarda tutuvchi qonun loyihasini muhokamaga kiritdi — OAV.
U e’lon qilgan hujjatda Alyans “sovuq urush” davridan qolgan meros ekani qayd etilgan.
"NATO — “sovuq urush”dan qolgan meros. AQSh Alyansdan chiqishi va bu mablag‘larni boshqa davlatlarni emas, balki o‘z mamlakatimizni himoya qilishga yo‘naltirishi kerak. Bugun men Qo‘shma Shtatlarning NATO'dagi a’zoligini to‘xtatish uchun tegishli qonun loyihasini taqdim etdim", — deb yozdi kongressmen X ijtimoiy tarmog‘ida.
Loyiha muallifining ta’kidlashicha, NATO SSSRga qarshi turish uchun tuzilgan bo‘lib, u 30 yil avval parchalangan, Vashingtonning harbiy blokdagi ishtiroki esa amerikalik soliq to‘lovchilarga trillionlab dollarga tushmoqda.