Bu haqda Oq Uy vakili Anna Kelli CBS News telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Oq uy vakilining aytishicha, Ukraina va ba’zi boshqa davlatlar qayta tasniflamgan, ya’ni AQSh qurol-yarog‘i va o‘q-dorilarini olishda ustuvor maqomidan mahrum qilingan. Biroq Kelli bu qaror qaysi mamlakatlarga taalluqli ekanini ochiqlamagan.
Shu bilan birga, Kelli bu qaror “Amerika manfaatlarini birinchi o‘ringa qo‘yish” maqsadida qabul qilinganini ta’kidladi.