Bu haqda Politico xabar bermoqda.
Nashr ma’lumotiga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar hukumati mamlakatning barcha 50 shtatida hamda 40 ta xorijiy davlatda joylashgan jami 700 mingdan ortiq ob’ektdagi ramziy belgilar va yozuvlarni almashtirishiga to‘g‘ri keladi. Bu esa Vashington uchun katta mablag‘ni talab etadi.
Avvalroq, AQSh Mudofaa vazirligi X tarmog‘idagi nomini "Urush vazirligi"ga o‘zgartirgani, Oq uy ham vazirlik nomi o‘zgarishi munosabati bilan post chop etgani haqida xabar berilgandi.