Bugun 19 may, 2026 yil, seshanba

КИР

AQSh «Minuteman III» qit’alararo ballistik raketasini sinovdan o‘tkazadi

AQSh «Minuteman III» qit’alararo ballistik raketasini sinovdan o‘tkazadi

AQSh 20 may kuni «Minuteman III» qit’alararo ballistik raketasining jangovar kallaksiz (qurollantirilmagan) sinov uchirilishini amalga oshiradi.

Bu haqda Kaliforniyadagi Vandenberg bazasida joylashgan AQSh Kosmik kuchlarining 30-kosmik qanoti ma’lum qildi.

«Minuteman III» qit’alararo ballistik raketasining jangovar kallaksiz sinov uchirilishi... 20 may kuni soat 00:01 dan 06:01 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida rejalashtirilgan», — deyiladi press-relizda.

Raketa Vandenberg bazasining shimoliy qismidan uchiriladi.

Qo‘mondonlikning eslatib o‘tishicha, bu kabi sinovlar joriy xalqaro vaziyatga aloqador emas va ular qurol tizimining samaradorligi, shayligi hamda aniqligini tasdiqlash va tekshirish maqsadida muntazam ravishda o‘tkazib kelinadi.

Kiritildi: Bugun 13:56. O'qildi: 203 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!