Amerikaning Nyu-Jersi shtatidagi Nyuark shahri meri Ras Baraka noqonuniy muhojirlarni vaqtincha saqlash markazini tark etishdan bosh tortgani uchun hibsga olindi.
“Report” xabariga ko‘ra , bu haqda AQSh prezidenti Donald Trampning maslahatchisi Alina Xabba X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozgan.
"Nyuark meri Ras Baraka noqonuniy ravishda kirib kelgan va Nyuark immigrasiya hibsxonasini tark etish bo‘yicha Milliy xavfsizlik bo‘yicha tergov organlarining ko‘plab ogohlantirishlariga e’tibor bermagan. U hibsga olingan", deyiladi postda.