AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi direktori 2024 yil uchun taxminlarini va dunyoda sodir bo‘layotgan voqealarga o‘z fikrlarini bildirdi. Bu haqda Foreign Affairs xabar berdi.
Qo‘shma Shtatlar razvedka xizmati rahbari Uilyam Byornsdan asosiy iqtiboslar:
— Qo‘shma Shtatlar Xitoy va Rossiya tufayli dunyoda o‘zining ustunligini yo‘qotmoqda;
— Markaziy razvedka boshqarmasi Xitoyni AQSh uchun Rossiyadan ko‘ra ko‘proq tahdid deb hisoblaydi. Shu sababli agentlik so‘nggi ikki yil ichida Xitoy masalasiga bog‘liq ishlar uchun yo‘naltirilgan byudjetini ikki baravarga oshirdi;
— Bugun Qo‘shma Shtatlar "Sovuq Urush" yoki 11 sentyabr voqealaridan keyingi davrdan kam bo‘lmagan muhim lahzalardan birini boshdan kechirmoqda;
— Men so‘nggi 40 yil ichida Yaqin Sharqni bunchalik murakkab va ziddiyatli vaziyatda ko‘rmaganman;
— "Sovuq urush" dan keyingi davr Rossiya Ukrainaga 2022 yil fevralida bostirib kirganidan keyin tugadi;
— Urush allaqachon Rossiya uchun ko‘p jihatlariga ko‘ra muvaffaqiyatsizlikka aylangan;
— Russlarning 315 ming askari o‘ldirildi yoki yaralandi, tank zaxiralarining 2/3 qismi yo‘q qilindi;
— Rossiya iqtisodiyoti uzoq muddatli tanazzulga yuz tutmoqda va mamlakat Xitoyning iqtisodiy vassali sifatida o‘z taqdirini belgilab qo‘ymoqda;
— Bu yil Ukrainadagi jang maydonida vaziyat qiyin bo‘ladi;
— Muvaffaqiyat kaliti Ukrainaga G‘arbning yordamini saqlab qolishdadir.