AQSh harbiylari ikkita Eron dronini urib tushirdi.
Bu haqda AQSh Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) e’lon qildi.
"Bugun erta tongda Yaqin Sharqdagi AQSh kuchlari Hormuz bo‘g‘ozida xalqaro yuk tashishga tahdid solgan ikkita Eron kamikadze hujum dronini urib tushirdi", deyiladi qo‘mondonlik bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, 28 fevral kuni AQSh va Isroil Eronga qarshi harbiy operasiyani boshlab, bir nechta shaharlarga havo hujumlarini uyushtirdilar. Bunga javoban Eron Isroil hududiga raketa hujumlarini uyushtirdi va Fors ko‘rfazidagi AQSh harbiy bazalariga hujum qildi.