AQSh Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) Apache vertolyotining urib tushirilishiga javoban Eronga berilgan zarbalar tugaganini e’lon qildi.
Bu haqda qo‘mondonlik ijtimoiy tarmoq sahifasidagi bayonotida e’lon qildi.
"CENTCOM kuchlari kecha AQSh armiyasining Apache vertolyotining urib tushirilishiga javoban Oliy qo‘mondonning ko‘rsatmasiga binoan Eronga o‘zini himoya qilish zarbalarini [o‘tkazishni] yakunladi", deyiladi bayonotda.
CENTCOM ma’lumotlariga ko‘ra, zarbalar Eron radarlari, havo mudofaasi tizimlari va Hormuz bo‘g‘ozidagi yer usti boshqaruv inshootlariga qaratilgan.
Shuningdek, zarbalar AQSh havo kuchlari va dengiz flotining aniq boshqariladigan o‘q-dorilari va qiruvchi samolyotlari yordamida amalga oshirilgani ta’kidlandi.