AQSh ma’muriyati Eron bilan muzokaralarni zarur deb bilsa, unga ochiq qoladi.
Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Kerolin Levitt ma’lum qildi.
"Prezident Donald Tramp Eronga nisbatan ustuvorliklari haqida juda aniq gapirdi”, dedi u jurnalistlarga. "U ularning yadroviy salohiyatini yo‘q qildi va menimcha, ma’muriyat Eron bilan muzokaralar olib borish uchun ochiq qoladi", - deya qo‘shimcha qildi Levitt.