Hindiston hukumati o‘z neftni qayta ishlash zavodlariga Rossiyadan neft xarid qilishni to‘xtatish bo‘yicha hech qanday ko‘rsatma bermagan,
Bu haqda Bloomberg Hindiston rasmiylariga tayanib xabar bermoqda.
"Agar Hindiston Rossiya neftidan voz kechsa, buning moliyaviy oqibatlari juda katta bo‘ladi. Bunday holat yuz bersa, har bir barrel neft uchun 5 dollarlik chegirma qisqarishi hisobiga import xarajatlari yiliga 9–11 milliard dollarga oshishi mumkin. Hozirda Hindiston Rossiyadan kuniga taxminan 1,8 million barrel neft sotib olmoqda", deb yozadi agentlik.