Bugun 26 noyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

AQSh Maduroga aloqador Cartel de los Soles narkokartelini “terrorchi tashkilot” deb e’lon qildi

AQSh Maduroga aloqador Cartel de los Soles narkokartelini “terrorchi tashkilot” deb e’lon qildi

AQSh Davlat departamenti Venesuelaning Cartel de los Soles (“Quyosh karteli”) narkokartelini “xalqaro terrorchi tashkilotlar” ro‘yxatiga kiritdi. Bu qaror 16 oktyabr kuni qabul qilingan, ammo bu haqda bugun e’lon qilindi.

Mutaxassislarga ko‘ra, Davlat departamentining qarori Qo‘shma Shtatlarga Venesuela hududiga harbiy zarbalar berish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Qayd etilishicha, AQSh rasmiylari Cartel de los Soles'ni Venesuela hukumati tarkibidagi korrupsiyalashgan amaldorlar guruhi deb biladi, uning boshida esa mamlakat prezidenti Nikolas Maduro turadi deb hisoblanadi.

Kiritildi: 22:36 24.11.2025. O'qildi: 551 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!