Bugun 29 avgust, 2025 yil, juma

КИР

AQSh Livanda “Tramp iqtisodiy zonasi”ni yaratishni taklif qilmoqda

AQSh Livanda “Tramp iqtisodiy zonasi”ni yaratishni taklif qilmoqda

AQSh ma’muriyati Isroildan Livandagi harbiy faoliyatini cheklashni so‘radi. Bu bilan Vashington Livan hukumatini “Hizbulloh” guruhini qurolsizlantirishga undamoqchi. Bu haqda Axios nashri xabar berdi.

Manbalarning ta’kidlashicha, AQShning Turkiyadagi elchisi Tomas Barrak Isroil hukumati bilan “Hizbulloh”ni qurolsizlantirish jarayoniga parallel ravishda amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan qadamlarni muhokama qilgan.

❕ Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh Janubiy Livanning Isroil bilan chegaradosh hududlarida maxsus “Tramp iqtisodiy zonasi”ni yaratishni ham taklif qilgan. Saudiya Arabistoni va Qatar ushbu hududlar Isroil qo‘shinlaridan ozod etilgandan so‘ng, ularni tiklash uchun investisiya kiritishga rozilik bildirgan.

Joriy yil avgust oyida Livan vazirlar mahkamasi Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan “Hizbulloh”ni qurolsizlantirish bo‘yicha Amerika rejasining maqsadlarini ma’qulladi.

2024 yil noyabrida Isroil va “Hizbulloh” o‘rtasida ogohlantirishsiz otashni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishilganiga qaramay, Isroil harbiylari hanuz deyarli har kuni Livan hududiga zarbalar berishda davom etmoqda va mamlakat janubidagi beshta harbiy postda o‘z harbiy mavjudligini saqlab turibdi.

Kiritildi: 18:19 25.08.2025. O'qildi: 421 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!