Kubaning sobiq yetakchisi Raul Kastro va boshqa shaxslarga nisbatan amerikaliklarni o‘ldirish maqsadida til biriktirganlik ayblovi qo‘yilgani haqidagi ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri keladi. Ushbu ma’lumotni AQSh bosh prokurori vazifasini bajaruvchi Todd Blansh tasdiqladi.
Uning matbuot anjumani davomida bergan bayonotiga ko‘ra, AQShda mazkur ish bo‘yicha ayblov xulosasi tayyorlangan.
"Kastro va boshqa ayblanuvchilarga, shuningdek, boshqa jinoyatlar, jumladan, havo kemasini vayron qilish, shuningdek, qotillik bo‘yicha to‘rtta alohida ayblov qo‘yilgan", — deya Blanshning so‘zlaridan iqtibos keltiradi RIA Novosti.