Bugun 30 oktyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

AQSH, Koreya va Yaponiyaga ishga yuborishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

AQSH, Koreya va Yaponiyaga ishga yuborishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Payariq tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqarolar S.SH. (muqaddam sudlangan) va D.E. o‘zaro til biriktirib, fuqaro X.A.ning ishonchiga kirib, Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishga yuborishlarini va’da qilishib, buning uchun 18 000 AQSh dollari miqdorida xarajat qilganliklarini aytib, evaziga X.A.ning “Toxirshayx” mahallasida joylshagan uy-joyini firibgarlik yo‘li bilan rasmiylashtirib olishga erishganliklari aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning G‘allaorol tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiriuda muqaddam firibgarlik va boshqa jinoyatlari uchun sudlangan M.I. fuqaro O.P.ning ishonchiga kirib, uni Koreya davlatiga ishga yuborishi evaziga 12 600 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.

Departamentning Yashnobod tumani bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida tumandagi Birlashgan ko‘chasida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa fuqarolar M.O. va D.A. fuqaro T.B.ning ishonchiga kirib, unga Yaponiya davlatiga ishga yuborishi uchun viza olib berishini aytib, evaziga 2 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: Bugun 17:56. O'qildi: 207 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!