Bugun 18 oktyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

AQSh Kongressiga Rossiya bilan “dizel bitimi”ni bloklovchi qonun loyihasi kiritildi

AQSh Kongressiga Rossiya bilan “dizel bitimi”ni bloklovchi qonun loyihasi kiritildi

Kongress Vakillar palatasiga “Rossiya nefti bo‘yicha korrupsiyaviy bitimlarni taqiqlash to‘g‘risida”gi qonun loyihasi kiritildi. U AQSh prezidenti Donald Trampning Rossiya dizel yonilg‘isini xarid qilish va import qilish bo‘yicha bitimini bloklashga qaratilgan. Bu haqda Vakillar palatasining Tashqi ishlar bo‘yicha qo‘mitasi demokratlarining saytida xabar berildi.

Qonun loyihasi hammualliflari orasida 16 nafar demokrat va bir nafar respublikachi bor. Hujjatda AQSh Moliya vazirligi tomonidan berilgan, Rossiya yonilg‘isi bilan bitim tuzishga ruxsat beruvchi bosh lisenziyalarni bekor qilish va kelajakda yangi lisenziyalar berishni taqiqlash taklif qilinmoqda. Hujjatda, shuningdek, Oq uyni Rossiya energetika sektoriga qarshi sanksiyalar joriy etish nazarda tutilgan.

"Qo‘shma Shtatlar Kremlga bosimni kuchaytirishi kerak bo‘lgan bir paytda, Tramp Ukrainani qo‘llab-quvvatlash o‘rniga Putin bilan til biriktirib, shaxsiy manfaatlari yo‘lida bitimlar tuzmoqda. Bu AQSh himoya qiladigan barcha tamoyillarga ziddir. Kongress harakat qilishi kerak", — dedi qonun loyihasini taqdim etgan demokratlardan biri Gregori Miks.

9 oktyabr kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qilgandi va shundan so‘ng Rossiya AQSh va jahon bozoriga dizel yonilg‘isi yetkazib beradigan “dizel bitimi”ni e’lon qilgandi.

Kiritildi: 21:52 17.10.2026. O'qildi: 471 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!