Bugun 19 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

AQSh Kongressi xorijiy yordam va ommaviy axborot vositalariga ajratiladigan xarajatlarni qisqartirishni ma’qulladi — Deutsche Welle

AQSh Kongressi xorijiy yordam va ommaviy axborot vositalariga ajratiladigan xarajatlarni qisqartirishni ma’qulladi — Deutsche Welle

"Bu maqsadlar uchun avvalroq tasdiqlangan mablag‘lar 9 milliard dollarga kamaytiriladi. Tashabbus prezident Donald Trampdan chiqqan bo‘lib, uni Respublikachilar partiyasi qo‘llab-quvvatladi", deya yozmoqda nashr.

Xabar berilishicha, Vakillar palatasida qonunni 216 kongressmen qo‘llab-quvvatlagan, 213 nafari esa qarshi ovoz bergan. Ushbu hujjat avvalroq Senat tomonidan ham qabul qilingan edi. Endilikda qonun kuchga kirishi uchun prezident Donald Tramp uni imzolashi kerak.

Qisqartirishlar orasida Amerika Ommaviy eshittirishlar korporasiyasi (CPB) uchun va’da qilingan 1,1 milliard dollar ham bor. CPB Qo‘shma Shtatlardagi 1500 dan ortiq mahalliy jamoat televizion va radiostansiyalarini qo‘llab-quvvatlaydi. Demokratik partiya bu qisqartirish mahalliy ommaviy axborot vositalari faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishidan ogohlantirmoqda.

Kiritildi: 18:52 18.07.2025. O'qildi: 279 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!