AQSh Kongressi amaldagi prezident Donald Trampga impichment e’lon qilmoqchi. Tegishli da’voni Demokratlar palatasi a’zosi El Grin ma’lum qildi.
Grin Tramp AQSh yetakchisi bo‘lishga loyiq emasligini ta’kidladi va yaqin 30 kun ichida unga impichment e’lon qilishini qo‘shimcha qildi.
“Bizga bu gal uni ayblaydigan Senat kerak”, deydi u.
Avvalroq, AQShda Tramp siyosatiga qarshi yirik norozilik namoyishlari boshlangan edi. Mamlakat bo‘ylab minglab odamlar ko‘chalarga chiqdi. Aksiya kasaba uyushmalari, ekologlar, Falastin tarafdorlari ishtirok etmoqda.