AQSh Kongressining Byudjet qo‘mitasi Pentagon byudjetini 150 milliard dollarga oshirishni taklif qildi.
Bu haqda "Interfaks" xabar bermoqda.
Taklif etilayotgan qonunchilikda aytilishicha, qo‘shimcha mablag‘lar jangovar shaylikni saqlash, dengiz kuchlarini shakllantirish, yadro tizimlarini modernizasiya qilish hamda prezident Donald Tramp "Amerikaning temir gumbazi" deb atagan integrasiyalashgan AQSh havo va raketaga qarshi mudofaa tizimini yaratish uchun zarur.
Hozirda Amerika mudofaa vazirligining byudjeti taxminan 900 milliard dollarni tashkil etadi.