AQSh Kongressi 2024 yil uchun byudjet masalasi bo‘yicha bir to‘xtamga keldi. Unda Ukrainaga 300 mln dollar ajratilishi rejalangan.
AQSh byudjetining yuqori chegarasi 1,6 trillion dollar miqdorida tasdiqlandi. Shundan 300 million dollari Ukrainani qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.
Qayd etilishicha, Kongress 2025 yilda ham Ukrainaga yordam berish uchun xuddi shunday miqdorda mablag‘ ajratishga tayyor.
2024 yilgi byudjet umumiy summasining yarmidan ko‘pi — 886 milliard dollar mudofaa xarajatlari uchun ajratilgan.
Jo Bayden va Senatdagi demokratlar yetakchisi Chak Shumerning ta’kidlashicha, qabul qilingan byudjet muhim ichki ustuvorliklarni jiddiy qisqartirishning oldini oladi. Biroq ushbu kelishuv tejamkorlik choralarini ko‘rayotgan respublikachi kongressmenlarning noroziligiga sabab bo‘lishi mumkin.