Bugun 23 aprel, 2026 yil, payshanba

КИР

AQSh Kongo bilan 1100 nafar afg‘onistonlikni ko‘chirish bo‘yicha muzokara o‘tkazmoqda

AQSh Kongo bilan 1100 nafar afg‘onistonlikni ko‘chirish bo‘yicha muzokara o‘tkazmoqda

Tramp ma’muriyati Qatardagi lagerda Qo‘shma Shtatlar vizasini kutayotgan 1100 nafar Afg‘oniston fuqarosini Kongo Demokratik Respublikasiga joylashtirish imkoniyatini muhokama qilyapti. Bu haqda Reuters agentligiga veteranlar va huquq himoyachilari koalisiyasi rahbari Shon VanDayver ma’lum qildi.

Afg‘onistonliklar hozirda Qatardagi "As-Sayliya" bazasida qolishmoqda. Ularning aksariyati AQSh tashkilotlarida ishlagan yoki Qo‘shma Shtatlar fuqarolarining qarindoshlaridir. Biroq 2025 yil yanvarida Tramp hokimiyatga kelgach, viza berish jarayoni to‘xtab qolgan. O‘tgan yilning noyabr oyida ikki nafar Vashington milliy gvardiyachisi otib o‘ldirilgach, afg‘onistonliklar uchun immigrasiya vizalarini rasmiylashtirish butunlay muzlatilgan edi.

Huquq himoyachilari Kongodagi beqaror vaziyat tufayli bu rejani "qabul qilib bo‘lmas" deb atashdi. Ta’kidlanishicha, agar afg‘onistonliklar Kongoga borishdan bosh tortsa, AQSh bundan ularni Afg‘onistonga qaytarib yuborish uchun bahona sifatida foydalanishi mumkin. Davlat departamenti Kongo haqidagi savolga to‘g‘ridan-to‘g‘ri javob bermadi, ammo uchinchi davlatga ko‘chirish "ijobiy yechim" bo‘lishini bildirmoqda.

Kiritildi: Bugun 14:25. O'qildi: 258 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!